Xorazm Ma’mun akademiyasida 2019-yil 7-8 oktabr kunlari “Dorivor o‘simliklar yetishtirish hamda qo‘llashning muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Respublikaning qator ilmiy-tadqiqot muassalari va oliy ta’lim yurtlari olimlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatining rivojlanish istiqbollari, dorivor o‘simliklarni tibbiyotda keng qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi. Respublikamiz hududida uchraydigan va introduktsiya qilingan o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyalari, biologiyasi haqida ma’ruzalar qilindi. Dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va ulardan biologik faol birikmalar ajratish haqida bajarilgan ishlar bilan tanishtirildi.