2019-yil 20-noyabr kuni O‘zR FA Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-son Qonuni mazmun-mohiyati, Qonundan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zR FA vakillari, FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va yetakchi xodimlari, shuningdek, yosh olimlar ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda Qonunning asosiy maqsadi va prinsiplari, yo‘nalishlari, barcha ilm-fan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning, xususan, Fanlar akademiyasining, Innovatsion rivojlanish vazirligining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari haqida keng ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, yoshlarga berilgan imkoniyatlar, yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyat olib borishga jalb etish to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu Qonun barcha ilm-fan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning o‘rni, vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan asosiy, muhim hujjatdir.