馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Dolzarb muommalar yechimi olimlar e`tiborida!


O始zbekiston Respublikasining iqtisodiyot sektorini rivojlantirishda qishloq xo始jalagining o始rni yuqori bo始lganligi sababli, ularni suv bilan ta始minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalalarning yechimida yangi yirik gidrouzellarni qurish va ekspluatatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlarning xavfsiz ishlashini ta始minlash asosiy muhim rol o始ynaydi.

Sardoba suv ombori to始g始oni yorilishi natijasida kelib chiqqan texnogen ofat oqibatida yuz bergan bino va inshootlardagi zararlanishlar hamda buzilishlarni o始rganish maqsadida O始zR F袗 Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan Sardoba tumaniga ekspeditsiya uyushtirildi va o`rganishlar natijalari bo`yicha ilmiy loyihalar tayyorlandi.

 

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishning ilmiy yechimini ta始minlashda mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida olimlarimiz bir necha loyihalarni taqdim etdi:

1.  Tabiiy va texnogen halokatlar xavfini kamaytirish vositalari (yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va transport infratuzilmasi inshootlari);

2.  Gruntli to始g始onlarning namlanish va seysmik kuchlar ta始siridan mustahkamligining yo始kotilishi va o始pirilishi oldini olishning ilmiy yechimlari;

3.  Suv to始g始onlarining ishonchliligini oshirishda teskari filtr qurilmasini qo始llash takliflarini ishlab chiqish.

Shuningdek, Quyosh energiyasi Xalqaro instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan markazlashgan ichimlik suvi ta’minotidan uzoqda joylashgan aholini ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini qondirishga mo’ljallangan “Kunlik chuchuk suv chiqarish quvvati 1 m³ bo`lgan Quyosh suv chuchutish qurilmasini ishlab chiqish, o`rnatish va ishga tushirish” loyihasi ham tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etildi.

Ushbu loyihalar dolzarb muommalarni hal qilishga qaratilgan bo始lib, ekspluatatsiya qilinayotgan va qurilayotgan suv omborlari to始g始onlari, individual uylar va transport inshootlarini xavfsizligini ta始minlash bo始yicha olingan natijalar aniq tavsiyalar va qo始llanmalar ko始rinishida hududlarni qayta tiklash jarayonida foydalanish uchun taqdim etiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!