Joriy yilning 27-iyun – 8-iyul kunlari Fanlar akademiyasi Ilmiy kadrlar boshqarmasi tomonidan O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta始limdan keyingi ta始lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori ijrosini ta始minlash maqsadida tizim tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda tahsil olayotgan doktorantlar hamda tayanch doktorantlar faoliyati monitoringi o始tkazildi.


Monitoring jarayonida tashkilot rahbariyati ishtirokida 551 nafar tayanch doktorant (PhD), 59 nafar doktorantlar (DSc) bilan tasdiqlangan shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, ilmiy faoliyatda mavjud bo始lgan muammo va takliflar to始g始risida suhbatlar o始tkazildi.