馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Dnk-shtrix-kodlash texnologiyasi asosida O始zbekiston florasining noyob o始simlik turlari barkodi yaratildi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan DNK-shtrix-kodlash texnologiyasidan foydalangan holda O始zbekistonning noyob va yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan 4 turkumga mansub 31 o始simlik turlari 60 ta namunada barkodlandi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi DNK shtrix-kodlarining ma始lumotnomalarini yaratish va tadqiqot obyektlarini aniqlash uchun praymerlarning kombinatsiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.

Tadqiqot obyektlari o始z ichiga O始zbekiston Respublikasi florasida uchraydigan Amaryllidaceae J. St.-Hil. (Nargisdoshlar), Chenopodiaceae Burnett (sho始radoshlar), Lamiaceae Martinov (Yalpizdoshlar), Liliaceae Juss. (Loladoshlar), Iridaceae Juss. (Gulsafsardoshlar) oilalarning noyob, yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan va endemik turlarni olgan.

    

                                                           Tulipa L.                                         Iris L.                               Dracocephalum L.                               Salvia L.         

                                                 19 tur, 38 namuna                            4 tur, 8 namuna                        2 tur, 4 namuna                           6 tur, 10 namuna

Tadqiqotlar DNK ajratish, polimerlarni xalqali reaktsiyasi, sekvinerlash, bioinformatika dasturlari yordamida ma始lumotlarni tahlil qilish va ma始lumotlarni Global System BOLD v4-dasturiga yuklash (www.boldsystems.org) bosqichlarida amalga oshirildi.

Noyob va yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan turlarning DNK shtrix-kodi tabiatda noqonuniy brakonerlikka qarshi kurashda foydalanish uchun, shuningdek, bojxona tizimi faoliyatida muhofaza etiladigan o始simlik materiallari noqonuniy eksportini oldini olishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!