Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Direktorlar kengashining kengaytirilgan yig'ilishi o'tkazildi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidium iva Direktorlar kengashining kengaytirilgan yig'ilishi o'tkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasi vakillari, FA bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari, bo'lim boshliqlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Davlatimiz Rahbarining 2021-yil 3-fevraldagi «2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida»gi PF-6155-son Farmoni ijrosida Fanlar akademiyasi oldida turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari ijrosi bo'yicha ijro intizomi holati monitoringi, FA ga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari holati va natijalari haqida gapirildi. FA ilmiy-tadqiqot muassasalarini Muvofiqlashtiruvchi kengashi hamda vitse-prezidentlar huzurida tegishli fan yo'nalishlari bo'yicha Ilmiy-texnik kengashlar tuzish masalasi ham muhokama qilindi.

Yig'ilish so'nggida  FA tomonidan amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!