Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

DIQQAT! “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” arizalar qabuli uchun ochiq!!!!


 

 

2022 yilning 20-24 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti (ТÜБА) Muzaffer Sheker taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffer Sheker bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlar yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Turkiya Fanlar akademiyasi o’rtasida hamkorlik Shartnomasi va Bayonnomasi” imzolandi.Ushbu shartnoma doirasida ikki tomon olimlarining Turkiya va O‘zbekistonning ilmiy muassasalarida zamonaviy ilm-fan integratsiyasiga muvofiq malakasini oshirish, Turkiyada qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni rejalashtirish, shuningdek, hamkorlikda ilmiy seminar, konferensiya, yozgi va qishki maktab tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, B. Yuldashev Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (ТÜБİТАК) prezidenti Xasan Mandal bilan uchrashdi va hamkorlikni yo‘lga qo’yish va ikki tomon yosh olimlari o‘rtasida bugungi eng zamonaviy fanlarining innovatsion tadqiqot uslublari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv yakuniga ko‘ra, ТÜБА va ТÜБİТАК o‘rtasida O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun “Aziz Sanjar tadqiqot stipendiyasi dasturi” joriy etish bo‘yicha Protokol imzolandi.

Ushbu stipendiya dasturi O‘zbekistondagi doktorant va doktoranturadan keyingi ta’lim tadqiqotchilarini malakasini oshirish va rivojlantirishga qaratilmoqda.

Dastur biologiya, fizika, kimyo, matematika, molekulyar biologiya va genetika, muhandislik, astronomiya, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi fanlari, oziq-ovqat, chorvachilik, veterinariya, ijtimoiy fanlar, xalqaro munosabatlar va ta’lim yo’nalishi doktorant va tadqiqotchilari uchun mo`ljallangan.

Arizalar 2023 yil 31 iyulga qadar davom etadi.

Dastur eng kam 12 oydan 36 oygacha davom etadi va stipendiyani olgan tadqiqotchilarning har oylik stipendiya va sayohat xarajatlarini qoplab beradi.

Savollar uchun azizsancarbursu@tuba.gov.tr murojaat qilish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!