Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Dinasli olovbardosh materiallarni tayyorlash uchun omuxta ishlab chiqildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining bir guruh olimlari tomonidan yaratilgan "Dinasli olovbardosh materiallarni tayyorlash uchun omuxta" ixtirosi uchun patent olindi.

Ushbu ixtiro dinasli olovbardosh materiallarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, shu jumladan 1-3 mm fraktsiyali mayda chiqindi ko‘rinishidagi dinasli kremniy to‘ldirgich, fraktsiyasi 0,09 mm dan kam bo‘lgan kvartsit, 0,09-0,5 mm fraktsiyali kalsiy va temir tarkibli komponentlar, texnik lignosulfonatning suvli eritmasi ko‘rinishidagi vaqtinchalik bog‘lovchi, asosiy oksidlar miqdorlarini tavsiflovchi minerallashtiruvchi qo‘shimcha shisha-frittalardan tarkib topgan.

Mazkur ixtiro olovbardosh materiallar, metallurgiya, keramika va shisha olish sanoatida ishlatiladi.

Ixtironing maqsadi yangi minerallashtiruvchi qo‘shimchadan foydalangan holda fizik-texnik parametrlarga yaxshilangan mavjud mahalliy istiqbolli xom-ashyo asosida dinasli olovbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tarkiblar yaratishdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!