馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Deutsche Forschungsgemeinschaft xalqaro hamkorlik direktori doktor Yorn Achterberg boshchiligidagi delegatsiya tashrifi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga DFG (Deutsche Forschungsgemeinschaft) xalqaro hamkorlik direktori doktor Yorn Achterberg boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni FA vitse-prezidentlari Sirojiddin Mirzayev va Shahlo Turdikulova kutib oldi.

Uchrashuvda DFG (Deutsche Forschungsgemeinschaft) tomonidan e始lon qilingan UDIF-HAW (Universities of Applied Sciences – Networking for Research) tashabbusi Germaniyadagi amaliy fanlar universitetlari (HAW) va xalqaro tadqiqotchilar o始rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi muhokama qilindi. Bu dastur HAW tadqiqotchilarini xalqaro sheriklar bilan aloqalar o始rnatish, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va tadqiqot infratuzilmasini mustahkamlashga yordam beradi.

UDIF-HAW tashabbusining asosiy yo始nalishi:
Virtual tanishuv tadbirlari: HAW tadqiqotchilari va xalqaro hamkorlar o始rtasida mavzuli virtual uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu tadbirlarda ishtirokchilar o始z tadqiqot sohalari va loyiha g始oyalarini taqdim etib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishadi.

Mavzuli hamkorlik: UDIF-HAW tashabbusi doirasida turli mavzularda hamkorlik tadbirlari o始tkaziladi, jumladan: sog始liqni saqlash va atrof-muhit, raqamlashtirish va aqlli texnologiyalar, barqaror shahar rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va resurslarni boshqarish. 
Masalan, 2025-yilda O始zbekiston va Qozog始iston tadqiqotchilariga ushbu mavzularda loyihalar taqdim etish uchun tanlov e始lon qilingan.
casib.eu


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!