Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8-dekabr kuni “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq koʼp yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq xoʼjaligi sohasi rivojini yangi bosqichga koʼtarish va uni kompleks modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, barcha turdagi qishloq xoʼjaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirib, el-yurt farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz toʼkinligini taʼminlashga qoʼshgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Shular qatorida, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori, professor, Miradham Abzalov ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Shu oʻrinda barcha mukofotlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ushbu yuksak mukofot bilan chin yurakdan qutlaymiz!