Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Davlat dasturining mazmun-mohiyati muhokama qilindi


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasini “Аtrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonda “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilangan vazifalarning ijrosini tashkil etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs tejamkorligini taʼminlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga oʼtish masalalari asosiy maqsad etib belgilandi.

 

Shu munosabat bilan, bugun, 7-mart kuni Fanlar akademiyasida Prezidiumi va Direktorlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Farmonda belgilangan vazifalarni Fanlar akademiyasi tizimida taʼminlash bo‘yicha FA prezidenti Shavkat Ayupov ma’ruza qildi.

 

Davlat dasturiga ko‘ra Fanlar akademiyasi tomonidan, jumladan, fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish - matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni, til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlashda "lnnowomenweek-2025" ixtirochi va tadbirkor xotin- qizlarning innovatsion haftaligida FA olima ayollarining o‘z ishlanmalari bilan faol ishtiroki ta’minlashini alohida ko‘rsatib o‘tildi.

 

Mazkur Farmon va Davlat dasturining mazmun-mohiyati Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, FA bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari, mintaqaviy bo‘lim rahbarlari, tizim tashkilotlari rahbarlari va barcha xodimlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi hamda topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli, toʻlaqonli va samarali tashkil etish, uni amalga oshirish belgilab olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!