馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga bag鈥檌shlangan matbuot anjumani o鈥檛kazildi


Bugun, 27-aprel kuni O始zbekiston Milliy matbuot markazida Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilayotgan qishloq xo始jaligi ekinlari - paxta va g始alla navlarining amaliyotga joriy qilinishi, natijadorligi, shu yo始nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi. Unda F袗 vitse-prezidenti, akademik Baxtiyar Ibragimov, Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori 袗bdujalil Narimanov, Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo始riyev hamda mazkur yo始nalishdagi yetakchi olimlar ishtirok etdi.

 

Matbuot anjumanida F袗 tizimida qishloq xo始jaligi ekinlari, xususan, bug始doy va paxtaning yangi, istiqbolli navlarini yaratish va bu boradagi ishlarga to始xtalib o始tildi.

Jumladan, Fanlar akademiyasi Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan 1992-2022-yilllarda 53 ta g始o始za, 5 ta bug始doy va 6 ta soya navlari yaratilgan. Masalan, Institut tomonidan yaratilgan “Marvarid”, “Kleystogam-2” ingichka tolali g始o始za navlari, “袗n-Boyovut-2”, “Kelajak”, “Yuksalish”, “Samara”, “袗fsona”, “Zafar”, “Gulshan” o始rta tolali g始o始za navlarini qishloq xo始jaligi, to始qimachilik sohalarida qo始llash mumkin.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlash sohasida bug始doy va soyaning navlari mahalliy sharoitlarga mos, ozuqabobligi va tezpisharlik jihatlaridan ustunlikka ega va 1000-1500 ga yerga ekilib kelinmoqda.

Bugungi kunda yaratilgan g始o始za navlari 34 ming ga yerda, bug始doy navlari 1000 ga yerda, soya navlari 5 ga yerda ekilib kelinmoqda.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan 2012-2022-yilllarda 15 ta g始o始za, va 1 ta bug始doy navlari yaratilgan. Tola sifati yaxshilangan 15 ta o始rta tolali g始o始za navlari tekstil sohalarida qo始llash mumkin. “Porloq” va “Ravnaq” navlarning tola uzunligi va pishiqligi yuqoriligi, turli abiotik ta始sirlarga chidamliligi, tola uzunligi va pishiqligi qancha yuqori bo始lsa ip-kalava olish foizi yuqori bo始ladi.

Ilk bor zamonaviy genetik injeneriya uslublari (RNK interferentsiya) asosida 9 ta g始o始za, 1 ta bug始doy navlari yaratilib qishloq xo始jaligiga tadbiq qilindi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlash sohasida bug始doy navi hosildorligi jihatlaridan ustunlikka ega va 2 ga yerga (dastlabki urug始larini ko始paytirish uchun) ekilib kelinmoqda.

Bugungi kunda yaratilgan g始o始za navlari 30 ming ga yerda, bug始doy navlari 2 ga yerda ekilib kelinmoqda.

袗njumanda Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari tomonidan yaratilgan soyaning yangi navlari haqida ham ma始lumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!