Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

COVID-19ga qarshi kurashish bo'yicha Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlariga bag'ishlangan brifing o'tkazildi


23-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O'zR FA matbuot kotibi M.Jumanova ishtirokida brifing o'tkazildi. Unda butun dunyoda pandemiya deb e'tirof etilgan COVID-19 virusining O'zbekistonda tarqalishining oldini olish, davolash, tahlil uslublari va vositalarini ishlab chiqishda O'zR FA olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar to’g’risida gapirildi.

Jumladan, Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan 2015-yilda yaratilgan “Rutan” preparatining bir qator klinik tadqiqotlari o'tkazilib, immunitet shakllanishida yordam beruvchi dori vositasi sifatida tavsiya etilgani va bugungi kunda mazkur dori vositasini GMP talablariga javob beruvchi O'zbekiston-Xitoy korxonasida ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi va ushbu dori vositasidan 19 500 donasi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga beg'araz yordam sifatida taqdim etilgani, O'simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan viruslarning RNKsini ajratib oluvchi “Enkor” nomli to'plam va test sistema ishlab chiqilgani,  “Fenasal”ning ingalyatsion shaklini ishlab chiqarish bo'yicha dastlabki farmakologik ishlar olib borilayotgani, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda, Fanlar akademiyasi Matematika instituti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan dastur, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan 2017-yilda nanotexnologiyalar asosida yaratilgan “Poliardez” antiseptik vositasi haqida ma'lumotlar berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!