Joriy yilning 20-aprel kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida italiyalik olim Petro Djuzeppe Frening «效懈褋谢芯, 泻薪懈谐懈 懈 斜械褋泻芯薪械褔薪芯褋褌褜» nomli kitobining taqdimoti bo始lib o始tdi. Tadbir O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Matematika instituti, Italiyaning O始zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.


Unda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Bahrom 袗bduhalimov so始zga chiqib, tadbirni ochib berdi. Keyin Italiya Respublikasining O始zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi 袗gostino Pinna so始zga chiqib, ikki mamlakat o始rtasidagi aloqalar haqida gapirdi.
Shundan so始ng, kitob muallifi Petro Djuzeppe Fre so始z olib, kitob haqida yig始ilganlarga qimmatli ma始lumotlarni berdi.
Mazkur kitob matematika tarixi haqida bo始lib, unda matematika bir misoli bir kemaga qiyoslanadi. Ushbu kema esa yillar ummonida sayohat qilib, sohada yetakchi bo始lgan shaxsiyatlar bilan kitobxonni tanishtirib boradi. Unda Platondan tortib, German Veylgacha bo始lgan matematiklar haqida hikoya qilinadi.
E始tiborli jihati shundaki, kitobning to始rtinchi bobi ulug始 vatandoshimiz, buyuk qomusiy alloma, algebra asoschisi Muhammad ibn Muso al Xorazmiyga bag始ishlangan. Unda allomaning hayot yo始li, faoliyati haqida qimmatli ma始lumotlar beriladi.
Tadbir O始zR F袗 Matematika instituti direktori, akademik Shavkat 袗yupov hamda akademik 袗bdulla 袗始zamovlarning ma始ruzasi bilan davom etdi.
Taqdimot yakunida yig始ilganlar o始zlarining qiziqtirgan savollariga kitob muallifidan javoblar oldi.