Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

CHEXIYA HAYOT FANLARI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK YO'LGA QO'YILADI


Joriy yil 12-aprel kuni Yashil iqlim jamg‘armasi, BMTTD va O‘zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga milliy moslashuv rejasini ishlab chiqilishida ishtirok etayotgan Chexiya Respublikasi Dekonta kompaniyasining xalqaro mutaxassislari, Pragadagi Chexiya hayot fanlari universiteti professorlari- Lubosh Smutka, Vladimir Krepl va Inna Chabelkova Xorazm Ma'mun akademiyasiga tashrif buyurishdi.

 

 

Qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga milliy moslashuv rejasini ishlab chiqilishiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadidagi ushbu tashrif doirasidagi muzokaralarda Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi  Ikrom Abdullayev boshchiligida tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

 

 

 

Tomonlarning o‘zaro muzokaralari o‘laroq, Pragadagi Chexiya hayot fanlari universiteti bilan Xorazm Ma'mun akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolashga hamda qishloq xo'jaligi sohasida akademik mobillikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

 

Tashrif doirasida mehmonlar akademiyada olib borilayotgan ishlar, labaratoriya, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda ilmiy xodimlar bilan fikr almashishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!