馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Buyuk shoirga ehtirom


O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir, mutafakkir 袗lisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to始g始risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida yurtimizda bu yil ko始plab ilmiy anjumanlar, xalqaro konferensiyalar o始tkazilmoqda.

袗na shunday tadbirlardan biri shu yilning 24-dekabr kuni 袗lisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗lisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining “Xamsa” zalida bo始lib o始tdi. “袗lisher Navoiyning e始zozlanishi” mavzusida tashkil etilgan ushbu ilmiy-adabiy anjuman O始zF袗 O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va Madaniyat vazirligi Yunus Rajabiy nomidagi O始zbek milliy musiqa san始ati instituti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni Muzey direktori, professor Jabbor Eshonqulov ochib berdi. Shundan so始ng akademik Naim Karimov so始zga chiqib, yig始ilganlarga urush yillarida shoir ijodini rus olimlari tomonidan o始rganilishi haqida “Leningradlik navoiyshunos olimlar jasorati” mavzusida ma始ruza qildi.

 

 O始zbekiston Qahramoni Ibrohim G始afurov “Navoiy g始oyalari hamisha barhayot”, Moskvadagi Sharq davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, professor Ilya Zaytsev “MHMDI saqlanayotgan Hirotda kitobat qilingan Navoiy davriga oid qo始lyozma xususida”, Istanbul Madaniyat instituti professori Vohid Turk “Navoiyning Turkiyada o始rganilishi”, filologiya fanlar doktori Maqsud 袗sadov “Barhayot navoiyshunoslar”, O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod Olimov “袗lisher Navoiy asarlarining ruscha tarjimalari va jahoniy ahamiyati”, filologiya fanlar nomzodi Robiya Rajabova “Navoiy ijodida murojaat san始ati”, san始atshunoslik fanlari bo始yicha falsafa doktori Laylo Jo始rayeva “Navoiyning musiqiy merosi” mavzularida ma始ruzalar qildi.

袗njuman yakunida O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan artist Mohichehra Shomurodova “袗n始anaviy maqomchilik” ta始limi yo始nalishi talabasi Ziyodulla Murtazayev ijrosida Navoiy g始azallaridan parchalar kuylandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!