Joriy yilning 14-mart kuni Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida Buyuk Britaniyalik, bioxilma-xillik bo‘yicha xalqaro mutaxassis Richard Sobey bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut direktori S.Mambetullaeva, ushbu institutning o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi boshlig‘i X.Matjanova, "Yashil loyiha" loyihalashtirish instituti direktori R.Abdireymov, To‘rtko‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i A.Saburov va boshqa ilmiy xodimlar ishtirok etdi. Bunda Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi, jumladan Ustyurt tekisligi hududida olib borilayotgan ishlarning mayda sutemizuvchilar va hayvonot dunyosiga ta’siri, o‘simliklar xilma-xilligi bo‘yicha asosiy ilmiy tadqiqotlar va monitoring o‘tkazish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.