O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan Buxoro viloyati o始simliklar kadastri monografiyasi nashr etildi. Monografiyada Buxoro viloyati florasida tarqalgan 67 oila, 340 turkumga mansub 765 turdagi yuksak o始simliklar kadastr ro始yxati, kamyob va yo始qolish xavfi ostidagi o始simliklarning hayotiy shakli, ekologiyasi, tarqalishi, xo始jalikdagi ahamiyati, muhofazaga ehtiyoj ko始rsatkichi geoaxborot tizimidagi (G袗T) xaritalari hamda rangli fotosuratlari keltirilgan.

Institut olimlari tomonidan 2017-yildan 2020-yilga qadar Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari florsining to始liq davlat kadastriga olingan yuksak o始simliklar ro始yxati, noyob va yo始qolib borayotgan turlarning kadastri va monitoringi amalga oshirildi. 2020-yil iyul oyidan boshlab esa Toshkent viloyatining o始simliklar kadastri amalga oshirilmoqda.
Ushbu nashr etilgan monografiyalar botaniklar, ekologlar, tabiatni muhofaza qilish qo始mitasi, o始rmon xo始jaligi qo始mitasi, qo始riqxonalar, milliy tabiat bog始lar xodimlari, professor o始qituvchilar, talabalar, ekoturistlar hamda o始simlik olami bilan qiziquvchilar uchun amaliyotda foydalanishlari uchun mo始ljallangan.