Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tekshirish instituti direktori, O始zR F袗 akademigi 袗bdulaxad Djalilov 78 yoshni qarshiladi. 袗.Djalilov 1942-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1965-yilda Moskva kimyo-texnologiya institutini tugatgan. 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017-yilda O始zR F袗 akademigi etib saylangan.

袗kademik polimerlar kimyosi sohasida “o始z o始zidan polimerlanish” deb nomlangan qonuniyatni ochgan, ayrim vinil monomerlarini to始rtlamchi organik tuzlar ishtirokida al褜ternant sopolimerlanishini kashf qilgan.
4 ta xorijiy, 300 ta mahalliy patent va 800 dan ortiq ilmiy ish (460 tasi xorijiy nashrlarda) muallifi.
袗kademik rahbarligida 10 nafar fan doktori va 65 nafar fan nomzodlari tayyorlangan.
800 dan ortiq yangi kimyoviy moddalarning tuzilishini aniqlab, ularni o始zbek olimlari nomidan xalqaro strukturalar bankiga kiritgan.
袗kademik 袗bdulaxad Turapovichni bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o始z hissalarini qo始shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini, hamisha yaqinlari va shogirdlari ardog始ida sihat–salomatlikda uzoq umr ko始rishlarini tilab qolamiz!