O始zbekison Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor 袗hmadali 袗sqarov bugun 85 yoshni qarshiladi.

袗kademik 袗hmadali 袗sqarov 1935-yil 25-sentyabrda Namangan viloyati Norin tumanida tug始ilgan.
1957-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika davlat universitetini tugatgan 袗. 袗sqarov o始z faoliyatini O始zR F袗 ning Tarix va arxeologiya institutida davom ettirgan. 1963-yilda “Zarafshon quyi oqimi havzasi bronza davrida” mavzusidagi nomzodlik ishini, 1977-yilda esa Moskvada “Janubiy O始zbekiston bronza davri madaniyati (qadimgi sharq tamaddunining mintaqaviy o始choqlari rivoji muammolari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Turli yillarda Tarix va arxeologiya institutida kichik ilmiy xodim (1961-1963), ilmiy xodim (1963-1966), 1966-yildan esa ilmiy ishlar bo始yicha direktor o始rinbosari bo始lib ishladi. Shundan so始ng 1970-1980 va 1983-1987-yillarda yangi tashkil etilgan Arxeologiya institutida direktor lavozimida ishladi. 1984-1998-yillarda O始zR FA Prezidiumi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo始limi raisi, 1991-1995-yillarda O始zR FA tarix instituti direktori sifatida faoliyat ko始rsatgan. Akademik A.Asqarovning ilmiy qiziqishlari ko始lami juda keng: O始rta Osiyo bronza va ilk temir davri ilk dehqonchilik va chorvachilik xo始jaliklarining shakllanishi tarixi, O始zbekiston hududida davlatchilik va shaharsozlik paydo bo始lishi, o始zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, zardushtiylikning vujudga kelish manbalari va shakllanishi, arxeologik manbalar asosida milliy kurash sporti tarixini tiklash. U Old Osiyo tipidagi ilk dehqonchilik manzilgohlaridan bo始lgan Sopolli madaniyatini va noyob Jarqo始ton ibodatxonasini ochish sharafiga muyassar bo始ldi. A. Askarov – 450 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, 20 dan ziyod monografiya, darslik va uslubiy qo始llanmalar muallifi. Ulardan 50 dan ortig始i chet tillarda nashr etilgan. 袗kademik 袗. 袗sqarov Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985-yil), O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan fan arbobi (1995-yil) hisoblanadi.
袗kademik 袗hmadali 袗sqarovni bugungi tavallud ayyomi bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi hamda ko始p sonli shogirdlari nomidan tabriklab, ularga sog始liq salomatlik hamda kelgusi ilmiy tadqiqotlarida yangidan-yangi kashfiyotlar tilab qolamiz.