Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

BUGUN TUG'ILGAN KUN!


Bugun, t.f.d., professor, Fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi instituti direktori, Oliy Majlis senatori Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich 70 yoshni qarshiladilar.

Sh.Sh.Sagdullayev 1951-yil 24-mayda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan. 1968-yilda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetiga o'qishga kirib, 1973-yilda “Asosiy organik va neftekimyoviy sintez texnologiyasi” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan va “muxandis-texnolog” ixtisosligiga ega bo'lgan.

Sh.Sh.Sagdullayev o'zining ilmiy faoliyatini 1975-yildan O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi institutining tajriba-texnologiya laboratoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida boshlagan. 2006-yildan Institut direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shamansur Shaxsaidovichni Fanlar akademiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ilmiy faoliyatlarida kuch-g'ayrat va muvafaqqiyatlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!