Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanika institutida ilmiy tadqiqotlar, fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar


O‘zR FA Botanika institutida Respublikamizning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga izchillik bilan tadbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqot, ta’lim va o‘quv-uslubiy ishlardagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish hamda ular oʼrtasidagi uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash maqsadida muntazam seminarlar, uchrashuvlar, o‘tkazilib kelinadi.

Bundan tashqari dunyodagi eng yirik gerbariylardan biri bo‘lgan, 1,5 milliondan ortiq gerbariy namunalari toʻplangan Botanika instituti tarkibidagi noyob ilmiy obyekt – Milliy gerbariy (TASH) fondi materiallari ham Biologiya yo‘nalishida tahsil oluvchilarning, tadqiqotchilarning o‘ziga xos ilmiy resursi hisoblanadi.

Botanika institutida Toshkent davlat agrar universitetining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi talabalari dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi fanidan, Toshkent davlat pedagogika universitetining “Biologiya” yo‘nalishi talabalari botanika fanidan o‘z kasbiy malakalarini oshirmoqdalar. Talabalarga Botanika instituti yetakchi ilmiy xodimi b.f.d. F.I. Karimov, katta ilmiy xodimlar b.f.n. Sh. Saribayeva, b.f.n. F.U.Mustafina va  kichik ilmiy xodim N.Daminovalar mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.

 

 

“Yosh olimlar ijodiy-tajriba ustaxonasi” da talabalar o‘simliklarni aniqlashni, gerbariy tayyorlash metodikasi va rasmiylashtirish qoidalarini o‘rganyapti.

 

 

“Yosh olimlar ijodiy-tajriba ustaxonasi” da talabalar gerbariy tayyorlashmoqda

 

 

N.Daminovaning “Oʻzbekistonda kamyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklarning “Qizil kitob”i va kadastrini olib borish” mavzusidagi ma’ruzasi

 

 

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti Biokimyo kafedrasining talabalari molekulyar biologiya va biotexnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zR FA Botanika  institutining Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasida va  O‘zR FA Botanika  instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ining Biotexnologiya laboratoriyasida amaliyot o‘tamoqda.

 

 

 

Talabalar ilmiy laboratoriyada laboratoriya idishlari va asboblarini sterilizatsiya qilish usullarini o‘rganish, 2% STAB eritmasi yordamida o‘simlik DNKsini ajratish va tozalash, spektrophotometr yordamida DNK sifatini va miqdorini aniqlash, PCR dan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil qilish, bioinformatika dasturlarini qo‘llash kabi ilmiy-amaliy ishlar bo‘yicha b.f.n. Mustafina F.U. rahbarligida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirmoqda.

 

 

 

 

Tabiatda tabiiy ko‘payishi sekin bo‘lgan o‘simliklarni maxsus ozuqa muhiti va laboratoriya sharoitida samarali o‘stirish jarayoni

 

Mazkur laboratoriyada stajyorlar zamonaviy laboratoriya uskunalari: PCR, Nanodrop spektrofotometri, sentrifugalar va termobloklardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Botanika institutida ilmiy tadqiqotlar, fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Talabalarning auditoriyalarda o‘rgangan nazariy bilimlari amaliyot davomida mustahkamlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!