Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanika bogʻlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishga bag`ishlangan birinchi seminar boʻlib oʻtdi


 

Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutda AQSH va Oʻrta Osiyo botanika bogʻlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatishga bag`ishlangan birinchi seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda AQSHning Chikago Botanika bogʻidan (Chicago Botanical Garden) Tankersley Boyce, Denver Botanika bogʻidan (Denver Botanical Garden) Sarada Krishnan, Longvud Botanika Bogʻidan (Longwood Botanical Gardens) Peter Zale, Oʻrta Osiyo davlatlaridan: Kozogʻiston Respublikasi Taʼlim va Fan vazirligi Botanika va fitointroduksiya instituti direktori G.T.Sitpayeva, Botanika va fitointraduksiya institutining Ostona filiali direktori S.Muxtabayeva, Qirgʻiziston Milliy akademiyasi Biologiya va tuproqshunoslik instituti professori G.A.Lazkov, Tojikiston Fanlar akademiyasi Pomir Biologiya instituti direktori D. Navruzshoyev, Tojikiston Fanlar akademiyasi Botanika, fiziologiya va oʻsimliklar genetikasi institututi professori K.K.Xisoriyevlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida turli mamlakatlar botanika bogʻlari oʻrtasida doimiy xamkorlik oʻrnatish hamda istiqbolda anglashuv memorandumi tuzildi.

Seminar kelishuviga koʻra, AQSH va Oʻrta Osiyodagi botanika bogʻlarida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarni doimiy tajriba almashinish va malakasini oshirishga kelishildi.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!