O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi va Latviya Respublikasi "B袗O" aksiyadorlik jamiyati o始rtasida o始zaro kelishuv Memorandumi imzolandi.


Ushbu Memorandum “V袗O” 袗J ning to始g始ridan-to始g始ri investitsiyalarini kiritish yo始li bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish orqali foydali qazilmalarni, jumladan, donador fosforitlarni qazib olish va qayta ishlash, texnogen hamda maishiy chiqindilarini qayta ishlash, mineral o始g始itlar ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Shuningdek, mablag始lar, mintaqada ma始dan va noma始dan minerallar uchun geologiya qidiruv ishlarini olib borish, cho始llanish va tuproq sho始rlanishining oldini olish maqsadida suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xom-ashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar yaratilishiga yo始naltirilishi mumkin.