馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bolaligida g始alabaga hissa qo始shgan inson xotiralari


Ikkinchi jahon urushi yillarida butun O始zbekiston mehnat frontiga aylantirildi. Front uchun jangchilar, oziq-ovqat, kiyim-bosh, qurol, ehtiyot qismlar yetkazish o始zbek xalqi zimmasiga tushgan katta mas始uliyat, og始ir mehnat bo始ldi. Erkaklar frontda, keksa otaxonlar “Rabochiy batal褜on” deb nomlangan ishchi qismlarida, ayollar va bolalar esa dalada, zavod va fabrikalarda tinimsiz mehnat qilib, urush ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarni yetkazish bilan ovora edilar. Bu haqda Toshkentning Labzak mahallasida yashagan, urush boshlanganda endigina 12 yoshda bo始lgan Fattoh Ergashev xotiralarida shunday bayon qilingan:
– Oilada 8 kishi edik, – deb xotirlaydi otaxon. – Otam Toshkentdagi samolyotsozlik zavodi qoshidagi ishchi xizmatiga chaqirildilar. U kishi kuni bilan xizmatda bo始lib, deyarli yarim tunda horib-tolib qaytar edilar. Bu ish uchun haq to始lanmasdi. Onam uy bekasi edi. Eng kichik ukam hali norasida go始dak, 6 farzandni boqish uchun hech qanday daromad va mablag始 yo始q edi. Men oilada ikkinchi farzand edim. 14 yoshimda o始qishni tashlab, Toshkentdagi Chkalov nomli zavodga ishga kirdim. Zavodda harbiy samolyotlar uchun o始rindiq tayyorlash sexiga qabul qilishdi. Bu yerda urush tugagaguncha, aniqrog始i 1946 yilgacha mehnat qildim.
Zavod uyimizdan taxminan 15-20 kilometr uzoqda edi. Shahar transporti urush sharoiti tufayli uzluksiz yurmasdi. Ishga piyoda borar edik. Tong sahar
5 da yo始lga chiqib, 8 ga ishga yetib borardim. Mehnat intizomi juda qattiq edi. Ish soati cheklanmagan bo始lib, ba始zan 15-16 soatgacha cho始zilib ketardi. Kechqurun yana piyoda 3 soat yo始l yurib, yarim kechada uyga yetib kelar edim. 3-4 soat dam olib, yana erta bilan yo始lga tushardim. Dam olish kunlari yoki soatlari haqida so始z ham bo始lishi mumkin emas edi: zavod mudofaa ahamiyatidagi korxona bo始lganligi uchun tunu-kun uzluksiz ishlar edi. 
Qishning sovuq kunlari, ayniqcha, 1944 yilning qahraton qishi, sira yodimdan chiqmaydi. Ishga kelgunimcha yoki ishdan uyga qaytgunimcha egnimdagi kiyimlarim muzlab, taxtadek qotib qolar edi. Tuni bilan kiyim-kechakni tanchada quritib, ertalab tong yorishmay, izg始irinli shamol uvullayotgan qorong始u ko始chalardan yana ishga ketardim. Zavodga yetib kelgach, muzlab qolgan qo始l-oyog始imga issiq o始tib ulgurmay, ish boshlardim. Men harbiy samolyotlar uchun o始rindiqlar tikardim. Tushlik uchun 20 soniya vaqt berilar edi. Zavod ishchilari holdan ketib yiqilgunga qadar dastgoh qoshidan ketmas edilar.
Urush yillarida men ishlagan zavodda ishchilar yoshi, jinsidan qat褜iy nazar fidokorona mehnat qilganlar, ularni bunga tirikchilik g始amigina emas, g始alabaga, yaxshi kunlarga bo始lgan umid undar edi. Hamma bir jonu bir tandek mehnat qilardi. Mehnat normasini ortig始i bilan bajarganlarni «staxanovchi» deb atashardi. Men ham normani 127 foiz bajarib, «staxanovchi» nomiga erishganman. Ishchilar biror-bir unvon yoki mukofot olish niyatida mehnat qilmaganlar, ular o始z vazifalarini sidqidildan bajarganlar, xolos.
Zavod ishchilariga 800 gramm non uchun kartochka berilgan. Men non kartochkasini uyga olib kelardim, unga olingan nonni oilamiz baham ko始rar edi. Bu albatta, kamlik qilardi, shuning uchun men tushlikda berilgan nonni yemasdan uyga, aka-ukalarimga olib ketardim. Buni ko始rgan ishchilar menga o始z nonlaridan ozgina bo始lib berishar: «Ol, ye, senga ishlash uchun kuch kerak, axir xali juda yosh va kichiksan-ku!»-deb mehribonlik qilishar edi. Umuman, odamlar orasida mehr-oqibat juda kuchli edi.
Oilamiz katta bo始lishiga qaramay, xonadonimizdan muhandis Fyodor Vasil褜evich Bukarev oilasiga joy bergandik. Ular bizlar bilan juda ahillikda yashaganlar. Urush tugagach, 1947 yilda Podmoskov褜ega ko始chib ketishdi. 1956 yilda ularnikiga borib mehmon bo始ldim. O始tgan kunlarni xotirladik.
Mening fikrimcha, aynan mehr-oqibat, yaxshi kunlarga bo始lgan ishonch, g始alabaga umid, shunday qiyin damlarda kishilarga madad bo始lib, kuch bergan. Tasavvur eting-a, haftalab issiq ovqat yemaganmiz, oylab go始sht ko始rmaganmiz, bir burda non yesak «kunimiz yaxshi o始tdi», – deb shukrona aytardik. Ust-boshimiz juda yupun, yozda oyoq-yalang yurardim, bir sutkada 4-5 soat uxlardim, bor-yo始g始i 14 yoshdagi jikkakkina, nozik bolaman. Shunday holatda bir necha yil ishladim. Oiladagi olti-etti jon uchun bir burda non topish, jigarlarimga bo始lgan mehr, zavoddagi ishchilar mehr-oqibati menga kuch bergan bo始lsa kerak-da.
Esimda, bir kuni tun yarmida sovqotib, qattiq charchab kelib, uxlab qolibman. Erta tongda kun yorishmay onam boshimni silab uyg始ota boshladi: «Tur bolam, tur, ishga kech qolasan!». Uning so始zlari qulog始imga kiradi-yu, ko始zlarimni ochishga, boshimni ko始tarishga majolim yo始q. Shu payt yuzimga bir tomchi qaynoq narsa tushdi, men yalt etib ko始zimni ochdim, bu onamning mehr-muhabbat to始la yosh tomchilari edi. U bir qo始li bilan beshikda uxlayotgan ukamni tebratib, bir qo始li bilan mening boshimni silab, tinmay xirgoyi qilar edi:
«Oti o始chsin Gitlerni, oti o始chsin, jon bolam! Ko始pi ketib oz qoldi, oz qoldi-ku, jon bolam, sabr qilgin, jon bolam!». U shunday shikastalik bilan alla aytgancha, yum-yum yig始lardi. Shu bir tomchi mehr yoshi va onamning so始zlaridagi g始alabaga bo始lgan ishonch menga shunday kuch bag始ishladiki, xorg始inlikda bemajol ezilib yotgan joyimdan sakrab turdim...
Fattoh ota o始sha kunlarni eslab ko始zlari yoshlandi. Hali suyagi qotmay, hayotning og始ir sinovlariga duch kelganda uni mardonavor yenggan irodali inson o始spirinlikda boshdan kechirgan qiyinchiliklarni, ona mehrini, mehr-oqibatni eslab ko始zlari yum-yum yoshlandi.

Dono Ziyayeva, 
O`zR FA Tarix instituti, t.f.d., professor.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!