Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Boburiylar davri me’morchiligi va miniatyuralarida Temuriylar davri an’analarining davomiyligi


Joriy yil 6-sentabr kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “Boburiylar davri me’morchiligi va miniatyuralarida Temuriylar davri an’analarining davomiyligi” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Ushbu  ko‘rgazmaning asosiy maqsadi me’moriy obidalarning ko‘rinishlari, ularning miniatyuralarda aks etganligi, koshinlardagi naqsh bezaklari, minoralarning o‘xshash jihatlari, ulardagi bog‘lar tasviri, naqshlarning bir-biriga yaqinligi, chorbog‘lar ko‘rinishlari, pavilonlar tasvirlarining qiyosiy solishtirish orqali Boburiylar davri me’morchiligida Temuriylar davri an’analarining davom etganligini ochib berishga  xizmat qiladi. Ko‘rgazma rassom va olima N.Gilmanovaning ilmiy-tadqiqotlari natijalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda 20 dan ortiq fotolar namoyish etildi. Ko‘rgazma keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Boburiylar davri me’morchiligi va miniatyuralarida Temuriylar davri an’analarining davomiyligi hozirgi kungacha saqlanib qolgan me’moriy obidalar va miniatyuralar orqali tasavvur qilish imkonini beradi.

   


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!