Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bizg‘aldoq populyatsiyasi bo‘yicha xalqaro loyiha


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Porto universiteti olimlari hamkorlikda tuvaloqlar (Otididae) oilasiga mansub bizg‘aldoq qushining O‘zbekistonda qishlovchi populyatsiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan dala tadqiqotlarini olib borildi. Tadqiqotlar davomida turning tarqalishi, soni hamda unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar baholandi.

Hamkorlik doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ilmiy tashkilotlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilib, kelgusida memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar amalga oshirilishi belgilandi:

  •  Tuvaloqlar populyatsiyalarining hozirgi holatini baholash;
  •  Tuvaloqlarning elektr uzatish tarmoqlariga to‘qnashish darajasini o‘rganish;
  •  Turlarning populyatsiyalariga salbiy ta'sirlar yuqori hududlar xaritalarini yaratish;
  •  Yosh olimlar uchun zamonavoy tadqiqot metodlarini o'rganishga bag'ishlangan treninglar tashkil etish;
  •  Porto universitetida stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish va boshqalar.

Mazkur memorandum ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalar va xalqaro nashrlardagi hamkorlik uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu tashabbus mamlakatda ornitologiya fanini yanada  rivojlantirish, noyob qush turlarini muhofaza qilish va yosh tadqiqotchilar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!