馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bir marta foydalaniladigan noto始qima matoli jarrohlik to始plamlarini radiatsiyaviy usulda zararsizlantirish


Hozirgi kunda tibbiyotda polipropilen asosida ishlab chiqilgan noto始qima matolar tibbiyot xodimlari va bemorlarning tozaligini hamda gigienasini ta始minlash uchun ishlatilmoqda. Noto始qima matolari yengil, mustahkam va bakteriyalar o始tkazuvchanligi bo始yicha paxta matolariga nisbatan 10 baravar yaxshi himoya qiladi. Noto始qima matolarning har xil turlari mavjud: SMS (spanbond-meltblaun-spanbond), Spanleys (fibrella), laminatsiyalangan Spanleys, Spanbond va laminatsiyalangan Spanbond. Tibbiyotda asosan SMS, Spanleys va Spanbond noto始qima matolardan tayyorlangan bir martalik buyumlar ishlatiladi, chunki ular havoda zaharli birikmalar hosil qilmaydi. Ushbu matolardan bir martalik foydalaniladigan xalatlar, choyshablar, baxillalar, niqoblar, bog始lagichlar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bir marta foydalaniladigan jarrohlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zichligi ~45 g/m2 o始lgan SMS noto始qima matolaridan foydalaniladi. Noto始qima SMS matolari o始zidan bakteriyalarni o始tkazmaslik noyob xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan arzonligi tufayli bugungi kunda tibbiyotda keng qo始llanilmoqda.

Hozirgi vaqtda bir marta foydalaniladigan tibbiyot buyumlarini zararsizlantirish tezlashtirilgan elektronlar manbalari, ya始ni, elektron tezlatgichli qurilmalar yordamida radiatsiyaviy usul bilan amalga oshirilmoqda. Respublikamizda F袗 Yadro fizikasi institutida “Elektronika U-003” elektron tezlatgichi qurilmasida radiatsiyaviy usul bilan noto始qima matodan tayyorlangan bir martalik jarrohlik to始plamlarini zararsizlantirish mahsulotlarni hajmi bo始yicha bir xil sterillanganligini ta始minlagan holda va ularning mustahkamligini saqlagan holda amalga oshiriladi. Noto始qima matodan tayyorlangan bir marta foydalaniladigan jarrohlik to始plamlari soatiga 1,2 m3 ishlab chiqarish quvvati bilan is’temolchilarga yetkazib beriluvchi germetik qadoqlangan holda zararsizlantiriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!