Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi xodimlari ham bor. Jumladan:

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni

Axmedov Babomurot Jurayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining nazariy astrofizika bo‘limi mudiri

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni

Ibragimov Oqilxon Akbarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni

Madraimov Abdumajid Abduraimovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim mudiri

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Usmanov Timurbek - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Azimova Shaxnoz Sadikovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti laboratoriya mudiri

Ochilov Ergash Zakirovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdukarimov Abdusattor - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi bosh ilmiy xodimi

Ashurov Nigmat Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri

Bekimmetov Umidjan Tajimurotovich - Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti, Xorazm viloyati

Olimov Kosim - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri

Xamidov Bosit Nabiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

Xegay Tatyana Rudolfovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri

Xujayev Saidaxmad - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri

«Shuhrat» medali bilan

Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bosh ilmiy xodimi

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!