Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi tomonidan respublikamiz flora va faunasi xilma-xilligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga bag始ishlangan brifing o’tkazildi.
Fanlar akademiyasi Botanika institutidagi O始zbekiston Milliy gerbariysi Markaziy Osiyodagi eng yirik botanik kolleksiya, dunyoning 4 mingga yaqin gerbariylari orasida 30 talik tarkibiga kiruvchi noyob ilmiy obyekt sanaladi.
1830-1835 yillardan boshlab to始plangan bu Gerbariy hozirgi kunga kelib 1.5 mln. dan ortiq namunalarni o始z ichiga olgan va Osiyo mintaqasidagi yirik 4 ta gerbariylar qatoriga kiradi.
O始zbekiston hududidan terilgan dastlabki namunalar 1900-1905-yillarga to始g始ri keladi. Bugungi kunda esa Milliy gerbariyning asosiy qismini mamlakatimiz hududidan to始plangan gerbariy namunalari tashkil etadi. Gerbariyning Tiplar kollektsiyasi 3000 dan ortiq namunalarni o始z ichiga oladi va ular fan uchun yangi deb topilgan o始simlik turlarining ilk namunalari, ya始ni, shu o始simlik turining “pasporti” hisoblanadi. Hozirda Tip namunalari kollektsiyasi to始liq raqamli formatga o始tkazilgan.
O始zbekiston Milliy gerbariysi mamlakatimizdagi botanik tadqiqotlarning asosi bo始lib o始simliklar sistematikasi va geografiyasi, qoplami, resursshunoslik borasida olib boriladigan barcha tadqiqotlar aynan gerbariy fondiga tayanadi. Bundan tashqari, botanika faniga yondosh bo始lgan bir qator fan yo始nalishlari, jumladan, biokimyo, farmatsevtika, genetika borasidagi tadqiqotlarda ham gerbariy kollektsiyasining o始rni ortib bormoqda.
袗yni paytda O始zbekiston milliy gerbariysidan keng foydalangan holda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan:
“O始zbekiston florasi” to始plamining yangi nashrlari tayyorlandi va chop etildi. “O始zbekiston florasi” to始plamining ilk nashrlari 1941-1963-yillarda chop etilgan va o始z ichiga 3663 turni qamrab olgan. Hozirgi paytda floramiz tarkibidagi turlar xilma-xilligi 4 yarim mingga yaqin ekanligi yangi “O始zbekiston florasi” to始plami ishlab chiqilishiga turtki bo始ldi.
2016-2019-yillarda O始zbekiston florasining 3 ta nashri chop etilib keyingi 2 ta jildi nashrga tayyorlandi. Ushbu loyiha ko始lami va davomiyligiga ko始ra MDH davlatlarida yagona bo始lib, uning bajarilishiga o始zbekistonlik olimlardan tashqari Finlyandiya, Rossiya, Qirg始iziston, Janubiy Koreya, Germaniya mamlakatlaridan ham olimlar jalb etilgan.
O始zbekiston florasini to始r tizimli xaritalash. O始zbekiston Milliy gerbariysi asosida bajarilayotgan navbatdagi loyiha mamlakat milliy florasi turlarini to始r tizimli xaritalashga bag始ishlangan. G始arbiy Yevropa mamlakatlarida keng qo始llaniladigan bu tadqiqot yo始nalishi Markaziy Osiyoda birinchi bo始lib Fanlar akademiyasi Botanika institutida amalga oshirilmoqda.
Bu loyihaning mohiyati shundan iboratki, tadqiqot hududi 5x5, 2x2 yoki 10x10 km maydonlardan iborat bo始lgan kvadratlarga bo始linadi va flora tarkibi hamda gerbariy namunalari zichligi shu kvadratlar bo始yicha alohida hisoblanadi. Bunday uslubning ishlatilishi tanlab olingan hudud bo始yicha maksimal darajadagi ma始lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, vaqt oralig始idagi dinamik o始zgarishlarni baholash, bashorat qilish imkoniyatini beradi.
2018-yilda boshlangan bu tadqiqotlar Zarafshon tizmasining g始arbiy tarmoqlarida dastlabki sinovdan o始tkazildi.
2021-yildan boshlab esa Surxondaryo viloyati hududi florasini to始r tizimli xaritalash ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Viloyatlar florasining davlat kadastri. O始zbekiston Milliy gerbariysi fondiga tayangan holda va zamonaviy dala tadqiqotlari uyg始unligida 2016-yildan boshlab Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun kadastr tadqiqotlari yakunlandi. Hozirgi kunda Toshkent va Surxondaryo viloyatilari kadastrlari ustida ishlanmoqda.
Bundan tashqari, ayni kunlarda ayrim o始simlik turkumlari (kamyob va yo始qolib borayotgan turlar, dorivor o始simliklar, tabiiy ekosistemalarning indikator turlari kabilar) bo始yicha global iqlim o始zgarishining mavjud stsenariylari asosida ro始y berishi mumkin bo始lgan o始zgarishlarni bashorat qilish borasida ham yangi zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Shuningdek, hozirda O始zbekiston Milliy gerbariy kollektsiyasining 25 % qismi raqamli formatga o始tkazilib, yorliklarni ma始lumotlar bazasiga kiritish, barkodlash ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, gerbariy kollektsiyasi yiliga 7000-8000 atrofidagi yangi namunalar bilan boyitilmoqda.
Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiya” noyob ilmiy obyekt bo始lib, u 6 ta noyob ilmiy kolleksiya fondlaridan iborat.
Zoologiya kolleksiyasi – Markaziy Osiyodagi eng katta kolleksiyalardan biri bo始lib, O始zbekistonning milliy boyligi hisoblanadi. Saqlash fondida 1935-yildan hozirgi kungacha to始plangan umurtqasiz hayvonlar, baliq, sudraluvchilar, qushlar va sutemizuvchilar koleksiyalari mavjud. To始plamda Markaziy Osiyo hayvonot dunyosining 5 ming turiga mansub 70 mingdan ortiq namunalari saqlanmoqda. Barcha fondlarda saqlanayotgan kollektsiya namunalarini inventarizatsiyalash jarayoni amalga oshirilmoqda va bu yo始nalishdagi ishlarning dastlabki bosqichi yakunlandi.
Zoologiya institutida respublika hayvonot olami xilma-xilligini saqlash, zamonaviy fan va iqtisodiyot tarmoqlarining talablaridan kelib chiqqan holda zoologiyaning alohida yo始nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, hayvonot olamini o始rganish hamda muhofaza qilish borasidagi vazifalar yechimini tezlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
To始g始riqanotsimon hasharotlarning hayot shakllari aniqlandi, faunistik va zoogeografik tahlillar olib borildi. O始zbekiston Respublikasi hududida to始g始riqanotlilarning jami 257 turi uchraganligi qayd qilinib, ulardan, agrolandshaftlarda 105 tur, cho始l hududlarida 118 tur, adirda 145 tur va tog始larda 141 tur tarqalganligi aniqlandi.
袗lohida ahamiyatga ega bo始lgan zoologik hududlarda umurtqali hayvonlarning iqtisodiy ahamiyatga ega bo始lgan, shuningdek, kamyob va endem turlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanishning yo始llari ochib berildi. G始arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog始lari ekosistemasida umurtqali hayvonlar faunasini saqlash maqsadida 8 ta asosiy zoologik hududlar ajratilgan. Har bir hudud uchun xos bo始lgan sutemizuvchilarning kompleks faunasi, noyob, global darajada xavf ostida bo始lgan, endemik turlar, turlarning holati va yashash biotoplariga antropogen ta始sirlarning majmui aniqlandi.
Respublika faunasining ma始lumotlar bazasini bosqichma-bosqich yaratish borasida hasharotlarni identifikatsiyalash tizimi bo始yicha ma始lumotlar bazasi ishlab chiqildi. Dastlabki bosqichda to始g始riqanotsimonlar faunasi, ekologiyasi to始g始risidagi ma始lumotlarni jamlash va ulardan zamonaviy usullar asosida foydalanish uchun OrthopteraInfo ma始lumotlar bazasi nazariy modeli, konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi va ushbu ma始lumotlar bazasiga bioobyekt haqidagi ma始lumotlar, jumladan, to始g始riqanotlilarning 120 ta, baxorikorlarning 48 ta va boshqa turkumga mansub 35 tur to始g始risidagi faunistik, taksonomik va ekologik manbalar kiritildi.
Molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida 8 tur nematodalar va 6 tur quruqlik mollyuskalari indentifikatsiya qilindi va xalqaro Genbank bazasiga joylashtirildi.
Hayvonot olami ob始ektlari, shuningdek, yovvoyi hayvonlarning kamyob va yo始qolib ketish xavfi ostida turgan turlari bo始yicha davlat kadastri yuritildi.
Toshkent viloyati umurtqali hayvonlar faunasi bo始yicha noyob va iqtisodiy ahamiyatga ega bo始lgan turlarning qisqa tavsiflovchi muhim ma始lumotga ega ro始yxati tuzildi. Ma始lumotlar bazasida 181 ta umurtqali hayvonlarga mansub bo始lgan 7649 ta ma始lumot kiritildi. Toshkent viloyati hayvonot dunyosini muhofaza qilinadigan ob始ektlari to始g始risida axborot-tahliliy ma始lumot bazasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo始mitasining bioxilma-xillikni saqlash bo始yicha axborot-tahliliy baza tizimiga joylashtirish uchun taqdim etildi.
Mahalliy xom ashyo ozuqalaridan foydalangan holda baliq unumdorligini oshirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Toshkent viloyati suv havzalarida bozor sharoitlariga moslashtirilgan, mahalliy ozuqalar yordamida karp baliqlari chavoqlarining mahsuldorligini gektariga 2,0-2,5 tonnagacha oshirish texnologiyasi yaratildi.
Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda Qizil kitobni yuritish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, yangi tahrirdagi hayvonot olami bo始yicha Qizil kitobning noyob va yo始qolib ketish xavfi ostida turgan turlari ro始yxatiga 209 ta tur, shundan 21 ta tur qo始shimcha ravishda kiritildi va 12 ta turning maqomi o始zgartirildi.