馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Biotexnologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti, Toshkent farmatsevtika instituti va O'zbekiston Respublikasi biotibbiy texnologiyalar assotsiatsiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur uch tomonlama memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta始minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qarorining ijrosi yuzasidan biotexnologiyalarni rivojlantirish, ushbu sohada fan, ta始lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta始minlash maqsadida amalga oshirildi.

Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori Tamara Aripova, Biotibbiy texnologiyalar assotsiatsiyasi rahbari Tatyana Xegay, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayev biotexnologiya va gen muhandisligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fanning bugungi holatini inobatga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasini muhokama qildilar. Memorandumga ko’ra biotexnologiya korxonalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq biotexnologiya tarmog‘i va qo‘shimcha mutaxassisliklarning turli toifalari uchun mavjud ta始lim standartlarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish, talabalarni amaliyot bazalari bilan ta始minlash, talabalar uchun nomdor stipendiya ta始sis etish, bitiruvchilarni ish bilan ta始minlash, biotexnologiya sohasida magistratura talabalari hamda doktorantura ilmiy izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Biotexnologiya kafedrasi pedagog xodimlari uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy seminarlar va kasbiy malakasini oshirishni tashkil etish nazarda tutilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!