Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bioorganik kimyo institutining Xitoy ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari


Xitoy hozirgi kunda ham iqtisodiy ham ilmiy-texnikaviy jihatdan eng tez rivojlanib borayotgan davlat ekanligi hammamizga ma’lum. Ilmiy va texnologik rivojlanishning asosini fan va ta’limga ko‘rsatilayotgan e’tibor mahsuli deb qarash mumkin. Bu jihatdan Xitoy tajribasini o‘rganish O‘zbekistonda ilm-fan rivojlanishiga hissa qo‘shadi deyishga asos bo‘la oladi.

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti xodimlari akademik Turayev Abbosxon Sobirxonovich, katta ilmiy xodimlar Muhitdinov Baxtiyor va Asrorov Akmal Majitovich, hamda Toshkent Farmasevtika institutining ilmiy ishlar bo‘yicha rektor o‘rinbosari Normaxamatov Nodirali Sahobataliyevichdan iborat delegatsiya 7-13 may kunlari ilmiy safar bilan Xitoy Fanlar akademiyasining Shanhay Materia Medika Instituti (ShMMI, http://english.simm.cas.cn/) professori Yongzhuo Huang taklifiga binoan Shanghay (Jiangsu provinsiyasi) va Jongshan (Zhongshan, Guandong provinsiyasi) shaharlarida bo‘lib qaytishdi. Ilmiy safardan maqsad ShMMI bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, kadrlar almashinuvini amalga oshirish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy safarlarini tashkillashtirish va hamkorlikda ilmiy ish olib borish masalalarini muvofiqlashtirish kabilardan iborat bo‘ldi. Hozirgi kunda hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyiha doirasida saraton kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyingi metastazani oldini olishga qaratilgan natijalar muhokama qilindi va kelajakda birgalikda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlar chuqur muhokama qilindi. ShMMI ning ushbu xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaati bizdagi tabiiy birikmalarga qiziqishi bilan bog‘liq bo‘lsa, O‘zbekiston tomonining manfaati olingan natijalarni hamkorlik doirasida Xitoyning ilmiy markazlarida zamonaviy qurilmalarda o‘rganib kelish bilan bog‘liq.

 

 Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti Shanhay Materia Medika Instituti (ShMM) bilan hamkorlik kelishuvi tuzildi.

Ilmiy safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga ShMMI instituti muzeyi va institut tarixi tanishtirildi. Shu bilan birga Shanhay shahridagi Xitoy Milliy Tabobati Universiteti (University of Traditional Chinese Medicine) muzeyiga safar ham uyushtirildi hamda Xitoy Milliy Tabobatining o‘tmishi va hozirgi kuni haqida ma’lumot berildi.

ShMMI Xitoydagi Farmasevtika ilmiy tekshirish markazlari top 10 ligiga kiruvchi ilmiy markazlardan biridir. Xitoyning iqtisodiy jihatdan birinchi o‘rinda turuvchi Guandung provinsiyasining Zhongshan shahrida 2019-2020 yillarda ShMMI ning filiali Jongshan Dori moddalarini Kashf etish Instituti (Zhonghshan Institute for Drug Discovery, https://www.zidd.ac.cn/en/organization/index.aspx ) nomi bilan tashkil etilgan (JDmKeI). Ushbu ilmiy markaz ikkita kampusga ega bo‘lib laboratoriya qurilmalarining sifati va soni bo‘yicha nafaqat Xitoyning balki dunyoning eng yaxshi ilmiy markazlaridandir. Birgina Yadro Magnit Resonansi qurilmasidan 6 tasi ilmiy ishlar uchun olib kelib o‘rnatilgan va faoliyat olib bormoqda. Alohida e’tiborga molik jihatlaridan yana biri in vivo eksperimentlar maymunlarda o‘tkaziladigan Xitoyning ikkita ilmiy markazidan biri ham shu institut hisoblanadi Bioorganik kimyo instituti ShMMI ning filiali Jongshan Dori moddalarini Kashf etish Instituti (Zhonghshan Institute for Drug Discovery bilan ham hamkorlik kelishuvi imzoladi.

Bioorganik kimyo institutining yuqoridagi ikki ilmiy tadqiqot institutlari bilan tuzilgan shartnomalarida quyidagi bandlar belgilab qo‘yildi.

  • Talabalar va kadrlar almashunivini amalga oshirish
  • Birgalikda tadqiqotlarni amalga oshirish
  • Ilmiy uchrashuv va ilmiy sumpoziumlarni birgalikda amalga oshirish
  • Ilmiy maqola, doklad va boshqa materiallarni birgalikda tayyorlash va chop qilish
  • Ilmiy ma’lumot almashinish
  • Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qo‘shma arizalar topshirish
  • ShMMI hamda JDmKeI nomidan CAS PIFI (Chinese Academy of Sciences President’s International Fellowship Initiative) dasturi bo’yicha Bioorganik kimyo instituti xodimlari va Postgraduate talabalari uchun ariza topshirish imkoniyatini yaratish.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!