O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo始mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan o始tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida O始zR F袗 Bioorganik kimyo institutida Farmatsevtika tarmog始ini rivojlantirish agentligi rahbar xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika sohasida Institut tomonidan yaratilgan dori vositalari, ularning qo始llanilish sohalari, hozirgi holati va amaliyotga joriy etish bo始yicha ma始lumotlar berildi.

Shundan so始ng Farmatsevtika tarmog始ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev so始zga chiqib, respublikadagi mavjud farmatsevtik korxonalar, ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va yangi tashkil qilinayotgan Farmatsevtik klaster haqida gapirib o始tdi.

Uchrashuv davomida Institut xodimlari va 袗gentlik tomonidan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularning realizatsiyasini jadallashtirish maqsadida marketing sohasini jalb qilgan holda aniq rejalar tuzish va uni amalga oshirish bo始yicha fikr almashildi.