O`zR FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari Yosh olimlar Kengashlari tomonidan “Bilimkent” doirasida yana bir onlayn ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda FA Milliy arxeologiya markazi direktori, arxeolog olim, tarix fanlari nomzodi Farxod Maqsudov “O’rta asrlarda tog’li Ustrushona ko’chmanchi madaniyati” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Oʼrta Osiyo arxeologiyasida koʼchmanchi madaniyati, arxeologik tadqiqotlar olib borilgan Toshbuloq qabristoni va ilk islomiy koʼmish udumlari, oʼrta asr ipak yoʼli tizimi va uning ahamiyati haqidagi qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.