馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bilasizmi? 芦Triada禄 haykalchalari


«Triada» (Budda rohiblar bilan) haykali Surxondaryo viloyati Fayoztepa buddaviylik ibodatxonasidan topilgan bo始lib, milodiy I–II asrlarga tegishli.

Bodhi muqaddas daraxti ostida o始yga to始lgan holda o始tirgan va ikki yonida ikkta turgan rohib tasvirlangan Budda haykali. Korinf ustunlari ko始tarib turgan yoysimon arka tagida joylashgan bo始lib, haykal sarg始imtir-oq rangdagi yaxlit ohaktosh bo始lagidan o始yib ishlangan, dastlab zarhal bilan qoplangan. Fayoztepa ibodatxonasi majmuasida 1970-yillarda olib borilgan qazish ishlari davomida arxeolog olim L.I.袗lbaum tomonidan topilgan. Yodgorlik eski Termiz shahristonining g始arbiy qismida joylashgan. U to始g始riburchakli bino va alohida turgan stupadan iborat. Bino 褏om g始isht va paxsadan qurilib, devorlari somonli loy bilan suvalgan va oqlangan. Ibodatxona hovlisi va binolari devorlari rangli suratlar — Budda, sovg始a-salom keltiruvchilarning qiyofalari va boshqa muayyan ko始rinishli tasvirlar bilan bezatilgan. Ibodatxonada topilgan ashyolar va devoriy suratlar eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, yodgorlikda qayta ta始mirlangan Bodhisatva haykali bo始laklari, diniy afsonalar bilan bog始liq devoriy rangli tasvirlar, yozuvli sopol idish bo始laklari va buddaviylik diniga oid boshqa marosim buyumlari ham topilgan.

Hozirda «Triada» (Budda rohiblar bilan) haykali O始zR F袗 O始zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!