Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bilasizmi? Mirzo Ulug'bek davriga oid yulduzlar globusi


Mirzo Ulug'bek davriga oid yulduzlar globusi latundan ishlangan bo'lib, 60 ga yaqin yulduzlarning koordinatalari ko'rsatilgan. Burjlar ekliptika bo'ylab joylashtirilgan, yulduz va yulduzlar turkumi kufiy xatida bitilgan. Janubiy yarim sharida bitilgan yozuvga ko'ra hijriy 844-yili [milodiy 1430/31-yy.] usta Muhammad ibn Ja'far ibn Umar al-Usturlobiy tomonidan yasalganligini ko'rsatadi.

Bunday astronomik jihozlar Mirzo Ulug'bek davrida ilm-fan va sa'at taraqqiyotiga ta'siri naqadar katta bo'lganligidan dalolat beradi. Ushbu globus san'at asari bo'lish bilan bir qatorda Mirzo Ulug'bek davrida qurilgan rasadxona hamda madrasalarda talabalarga bilim berishda ham keng foydalarilgan.

Mirzo Ulug'bek davriga oid yulduzlar globusi hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!