馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Benazir ma始naviy meros


袗lisher Navoiy asarlarini umumiy qilib «Hikmatlar majmuasi» yoki «Xalq donishmandligi qomusi» deb ham atash mumkin.

Zero, hikmatli so始zlar – maqollar, matallar, obrazli iboralar, ibratli hikoyatlar Navoiyning deyarli barcha she始riy va nasriy asarlarida uchraydi. Chunonchi xalq hayotining barcha jihatlarini yaxshi bilgan va katta hayotiy tajribaga ega bo始lgan mutafakkir o始z asarlari vositasida yuksak ma始naviyatli insonni tarbiyalashga qaratilgan o始ziga xos insoniylik kodeksini yaratishga muvaffaq bo始ldi. Xalq donishmandligi namunalaridan ilhom va ozuqa olgan Hazrat Navoiy o始zi ham donishmandlikning buyuk namunalarini yaratgan.

O始zR F袗 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo始yicha falsafa doktori (PhD), yosh sharqshunos-manbashunos Komiljon Rahimov tomonidan tayyorlangan va «Fan» nashriyotida chop etilgan «袗lisher Navoiy hikmatlari» kitobini benazir ma始naviy meros deyish mumkin.

袗yn Shams universiteti (Misr 袗rab Respublikasi) filologiya fakulteti Turkiy tillar kafedrasi professori Magda Maxluf va Nyu-Dehlidagi Fors tadqiqotlari markazi rahbari, professor Ehsonulloh Shukrullohiy hamda O始zR FA vitse-prezidenti, t.f.d., professor Bahrom 袗bduhalimov ilmiy muharrirliklari ostida tayyorlangan ushbu kitobda 袗lisher Navoiyning she始riy va nasriy hikmatlari kirill yozuvi bilan birgalikda eski o始zbek yozuvida (turkiy) hamda fors va arab tillariga qilingan tarjimada o始quvchilar e始tiboriga havola qilingan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!