Navro'z - xalqimizning eng qadimgi va go'zal bayramlaridan biri. Bu kunda nafaqat tabiat uyg'onishni boshlaydi, balki insonning fikrlari, his-tuyg'ulari, energiyasi yangilanadi. shu sababli bu bayramni xalqimiz katta quvonch bilan nishonlaydi.
Shunday quvonchli tadbirlardan biri bugun O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali - Toshkent muzeyida katta tantana bilan qarshi olindi. Kunning birinchi yarmida Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining shodon kuy-qo'shiqlari bilan boshlangan bo'lsa O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining milliy kuy-qo'shiqlari, lapar va aytishuvlari, badiy chiqishlari bilan yanada bayramona tus oldi.
Kunning ikkinchi yarmida tadbirning asosiy qismi O'zbekiston davlat akademik rus drama teatri bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Dastlab teatrning mahoratli artistlari Dilbar G’aniyeva va Denis Sotnikov o'zlarining Navro'zga xos musiqiy chiqishlari bilan tomoshabinlar ko'ng'lini shod etgan bo'lsa, bayram dasturining asosiy sovg'asi sifatida benefis aktrissa Aleksandra Andreyeva o'zining "Toshkent gullamoqda" nomli dasturi bilan yig'ilganlarga o'zgacha bayramona his bag'ishladi.