Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Baxshichilik san’atini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 6-iyuldagi “2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmoni, 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son, 2019-yil 14-maydagi “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli qarorlari hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturidagi vazifalar ijrosini ta’minlash, ayniqsa, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ustoz-shogird an’analarini takomilashtirish, baxshichilik san’atini asrab-avaylash, dostonchilik maktablarining ijro usullarini qayta tiklash, ularni yosh avlodga o‘rgatish, baxshichilik san’atini ilmiy tadqiq etish maqsadida  2023 yil 29 mart kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa institutining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Respublika baxshichilik markazi, Baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab internati bilan hamkorligida “Ta’lim tizimida doston ijrochilik san’atini o‘qitishning innovatsion usullari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani  bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya doirasida baxshichilik san’ati sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, soha mutaxassislarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ta’lim tizimida malakali baxshilarni tayyorlash, xalq dostonlarini ilmiy tatqiq etish masalalari muhokama etildi va ellikka yaqin olimlar ishtirok etgan mazkur respublika ilmiy-amaliy anjumani  materiallari kitob holida chop etildi.

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!