O始zR F袗 Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ilk bor sellyulozaning suvda eruvchan, zaharsiz hosilasi – Na-karboksimetiltsellyuloza va barqarorlashtirilgan kumush nanozarralari asosida nanotexnologik yondashuvlarni qo始llagan holda bakteriyalar, viruslar va zamburug始larning keng doirasiga qarshi yuqori bakteritsid faollikka ega bo始lgan “Baksergel” gidrogelini olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Dori vositalari tasniflagichiga muvofiq preparat kam zaharli moddalar sinfiga mansub. “Baksergel” kuyishdan hosil bo始lgan yaralar va trofik yaralarni davolash, shuningdek, akusherlik-ginekologiya amaliyotida bachadon bo始yni eroziyasini davolashda qo始llash uchun mo始ljallangan. Hozirgi vaqtda preparatning klinikagacha bo始lgan sinovlari nihoyalanib, uning klinik sinovlari respublikaning uchta yetakchi klinikalarida boshlangan. Klinik sinovlar yakunlangach, “Baksergel” preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi “Torimed Farm” MChJ farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish joriy etiladi.