馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ayol borki, olam munavvar!


Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida 1-Mart - O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni  hamda “8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi “Yozuvchilar uyushmasi”, Shayxontohur tumani hokimligi Ma始naviy va ma始rifiy ishlari bo‘limi, Shayxontohur tuman “Labzak” MFY, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamkorligida ma始naviy-ma始rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida fikr yuritilar ekan, uning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin egallashi ta始kidlandi.

Tadbirda Zulfiyaxonim nabirasi Lolaxon Omonbekovna ham ishtirok etdi.

“Labzak” MFY qarashli 527- maktabgacha ta始lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.

Inson qadrini ulug‘lash, avvalo ayolga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, mo‘始tabar onalarni e始zozlash, opa-singillarni qadrlash orqali ro‘yobga chiqishi, shubhasizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev o‘z nutqlarida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi!” deb ta始kidlaganlaridek, bugungi kun ayoli mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligi bilan ajralib turadi, shu o‘rinda seysmologiya fani sohasida  faoliyat yuritayotgan ayollar  fikrimizning to‘liq isbotidir.

Ayol borki, olam munavvar!

Tadbir barcha ishtirokchilar uchun ajoyib va iliq muhitda hamda taassurotlarga, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tdi.

 

 

 

 

D. Usmonova, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!