Ma始lumki, 袗xsikent yodgorligidagi arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirish, u yerda yaratilgan ochiq osmon ostidagi muzeyni kengaytirish ishlari O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil mart oyida 袗xsikent yodgorligiga tashrifi chog始ida bergan topshiriqlari asosida boshlangandi.
Qadimiy markazda barpo etilayotgan ochiq osmon osti muzeyi va uning yaqinida qurilishi ko始zda tutilayotgan majmua borasida O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazining professori 袗bdulhamid 袗norboyev shunday deydi: — Mazkur loyihaga ko始ra, 袗xsikentda 10 ta arxeologik obyekt ustida ochiq osmon osti muzeyi barpo etiladi. Yodgorlik yaqinida katta majmua qurilishi ko始zda tutilgan, xususan, bu majmua tarkibida tarixiy-arxeologik muzey, hunarmandlar markazi, tarixiy festival uchun amfiteatr barpo etiladi.
袗xsikentda va uning yonida barpo etilishi ko始zda tutilgan yirik majmuada har ikki yilda tarixni o始ziga xos tarzda jonlantiruvchi, kishilarni o始tmishni o始rganishga chorlovchi va butun jahonga boy tariximizni targ始ib qiluvchi xalqaro festival o始tkazilishi ham belgilangan.

