Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Avtobaholash axborot tizimi-oʻqituvchilar uchun qulaylik yaratadi(mi)?


    

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi Rifkat Davronov tomonidan  “Avtobaholash” axborot tizimi yaratildi. Ushbu axborot tizimi oʻquv markazlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ishini tezlashtirish, yengillashtirish va unumdorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan.

Raqamli baholash oʻqituvchilar ishini oson va hamyonbop qiladi. Bu Scantron mashinalari va tijorat printerlari kabi yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan skanerlarga muhtoj emas. Bu dastur orqali test topshirgan har qanday shaxs imtihon tugashi bilanoq testdagi ballarni  koʻrish imkoni mavjud, baholashda oʻquvchilarga qulaylik yaratish, narxi juda qimmat turadigan skantron mashinasi yoki varaqali qurilmalarini vazifalarini mobil ilova yordamida amalga oshiriladi. Bu esa oʻqituvchiga dars jarayonida barcha talabalarni baholash imkonini yaratadi va oʻqituvchilar ish yuklanmasini 30% ga kamaytiradi. Yaratilgan yangi loyiha haqida quyidagi havola orqali toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin:http://avtobaholash.uz/.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!