Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining professori, kimyo fanlari doktori, dunyo tan olgan olim G'ayrat Ubaydullaevich Rahmatqoriev 10 fevral kuni Toshkent shahrida tugilgan. Kimyogar olim hayot bo`lganida bugun 79 yoshni qarshi olgan bo`lar edi.
Kolloid kimyo fanining rivojiga salmoqli hissa qo`shgan ulug` darg`alardan biri G`ayrat Ubaydullayevich bolaligidan o`qishga qiziqishi kuchli bo`lgani sababli hali maktabni tamomlab ulgurmasdanoq O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ilmiy-tekshirish instituti hamda O`simlik moddalari institutida laborant assistent lavozimida faoliyat olib borgan.
Rahmatqoriev G`ayrat Ubaydullayevich 1966 yilda Toshkent Politexnika institutida tahsil olgan. Olim o`z ilmiy faoliyatini laborantlikdan boshlab avval kichik ilmiy xodim, so`ngra esa katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlab laboratoriya mudiri lavozimigacha ko`tariladi.
Professor G`. U. Rahmatqoriyev kimyo sohasida fundamental xarakterdagi eng muhim natijalardan birini qo`lga kiritgan, jumladan fizikaviy kimyo yo`nalishidagi faoliyati natijasida o`zi muallifligida qurilgan, dunyoda prototipi mavjud bo`lmagan yuqori vakuumli noyob adsorbtsion-kalorimetrik qurilmada eksperimental tadqiqotlar olib borgan.
Mazkur qurilmada olinadigan natijalar kolliod kimyo va fizikaviy kimyoning muhim fundamental ma`lumotlarini aniqlashda, yani sintetik seolitlarda sodir bo'ladigan adsorbsiya jarayonlari mexanizmini organish bo`yicha termodinamik parametrlarni aniqlash imkonini beradi. Olim tomonidan olingan natijalar asosida adsorbentlarda adsorbtsion jarayonlarining termodinamik xarakteristikalari va crystal-kimyoviy tuzilishidagi bogliqlik asosida ularda sodir bo'ladigan sorption jarayonlarining original mexanizmlarini taklif etgan.
Rahmatqoriyev tomonidan molekulyar strukturaviy darajada mikrog'ovak va g'ovak bo'lmagan adsorbentlar hamda katalizatorlarning keng doirasini o'rganish imkonini beruvchi usul ishlab chiqilgan. Adsorbsion bo'shliqlarning termodinamik xarakteristikalari va kristall-kimyoviy tuzilishi o'rtasidagi bog'liqlik asosida ularda sodir bo'ladigan sorbsiya jarayonlarining bir qator original mexanizmlarini taklif etgan.
Dunyoda birinchi marta adsorbsiya jarayonida vaqt bo`yicha issiqlik ajralib chiqishining o'zgarishidan iborat bo'lgan effect aniqlangan va bu kimyogar olim Gayrat Ubaydullayevich sharafiga Rahmatqoriyev effekti sifatida fanga uning nomi bilan kiritilgan.
Bu taʼsirlashish jarayoni adsorbat-adsorbent sistemalarda molekulyar oʻzaro taʼsir dinamikasini bashorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, kimyo, sirt fizikasi, adsorbtsiya va kataliz mexanizmi, adsorbentlar g'ovaklarida ion-molekulyar komplekslarning konformatsiyasi va lokalizatsiyasi haqida olingan ma'lumotlar asosida yangi ilmiy yo'nalish, yani adsorbtsion-energiya stoxiometriyasini yaratishga imkon beradi. Ushbu yunalishdagi fundamental tadqiqot natijalari dunyoning qator davlatlarida, jumladan Germaniya, Fransiya, Italiya va Rossiyadagi soha mutaxassislari orasida dunyo miqyosida e`tirof etilgan.
Olimning ilmiy izlanishlari asosida dunyoning 12 ta tadqiqot markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatilgan. Jumladan, Germaniyadagi 3 ta yirik markazlar: Dortmund universiteti, Rur universiteti va Gannover universiteti bilan, shuningdek Frantsiyadagi 6 ta ilmiy markaz bilan, yani Elzas universiteti, Burgundiya universiteti, Lion universiteti, Lotaringiya politexnika instituti, shuningdek, Xalqaro neytron markazi va Grenobldagi Yevropa sinxrotron markazi bilan; Italiyaning Turin universiteti bilan, Portugaliya Yevropa universiteti bilan; Koreya Respublikasining Chonnam universiteti kabi qator yirik soha vakillari bilan ilmiy tajriba almashungan. Qo`lga kiritilgan tadqiqotning muhim ilmiy natijalari Amerikadagi Journal of Physical Chemistry, Langmuir, Clays and Clay Minerals va European kabi hamda Physical Chemistry Chemical Physics, Ber kabi nufuzi eng yuqori darajadagi xalqaro jurnallar va nashriyotlarda nashr etilgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 400 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, shundan 134 tasi xalqaro nashrda chop etilgan. Uning rahbarligida 15 dan ortiq nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Bugungi kunga Umumiy va noorganik kimyo institutida G’. Rahmatqoriev tomonidan yaratilgan mikrokalorimetrli adsobtsion qurilmada uning shogirdlari ilmiy izlanishlarni davom ettirishmoqda.
Professor G.U. Rahmatqoriyevning shogirdlaridan Namangan muhandislik texnologiya institutining ilmiy ishlar bo`yicha prorektori, kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor Rahmatqorieva Feruza Gayratovna, kimyo fanlari doktori Bahronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori Yakubov Yo`ldosh Yusupboyevich, texnika fanlari doktori, professor Jumayeva Dilnoza Jo`rayevna va boshqa qator shogirdlari nomidan bag`ishlanadi. Dunyo tan olgan uztoz xotirasi shogirdlari qalbida mangu barhayot!
|
|
Professor G`ayrat Ubaudullatevich Rahmatqoriyev xalqaro konferensiyada chet -el olimlariga ilmiy natijalarni so`zlab bermoqda |