O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San'atshunoslik institutida atoqli olim, arxeolog va tarixchi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Edvard Vasilyevich Rtveladze tavalludining 80 yillik sanasiga bag'ishlangan xotira kechasi, davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademiklar, taniqli san'atshunoslar, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar hamda olimning shogirdlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O'zR FA vitse-prezidenti B.A.Abduhalimov, san’atshunoslik fanlari doctori, akademik A.A.Hakimov, san’atshunoslik fanlari doktorlari M.A.Hamidova, M.A.Yusupova, E.Gyul, O.P.Kobzeva, V.V.Lunyeva, san’atshunoslik fanlari nomzodlari G.N.Nikitenko, A.Gorin ustozning ilmda qoldirib ketgan ulkan boyliklari, insoniy fazilatlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, professor Z.A.Arshavskaya (Isroil) ham Edvard Vasilyevich Rtveladzening ilmiy-ijodiy faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida Rtveladze Edvard Vasilyevichga bag'ishlab suratga olingan hujjatli kino ham namoyish etildi va tadbirni ustozning farzandlari yakunlab berdi. Rtveladze Edvard Vasilyevichning qizi yig‘ilganlarga chuqur minnatdorlik bildirib, otasining yodini shunday e’zozlanayotganidan mamnun ekanini bildirdi.
Ma'lumot uchun: Rtveladze Edvard Vasilevich 2022-yil 10-fevralda vafot etgan edi.