Negadir ba始zilar mantiqni shior qilib umuman mantiqqa qarshi ish tutishadi. Hech qanday asossiz balandparvoz so始zlarni o始rtaga tashlashadida, buni biror faktlar bilan isbotlash kerakligi to始g始risida o始ylab ham o始tirishmaydi. Mana yana bir shunday chiqish. (https://www.facebook.com/groups/628555417650343/permalink/864805480692001/)
O始zbekistonliklar 袗ES qurilishiga qarshi emish. Qaysi o始zbekistonliklar to始g始risida gap ketayapti? Ular O始zbekiston aholisining necha foizini tashkil etadi? Hech qaysi jamiyatda hech qanday fikr 100 foiz aholi tomonidan to始la qo始llab-quvvatlanmaydi. Har bir inson o始z fikriga ega, lekin jamiyat har bir kishining fikriga quloq solgan holda eng oqilona yo始ldan rivojlanishga intiladi.
O始zbekiston yalpi ichki mahsulotida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi oxirgi 10 yil ichida 2,5 barobarga, aholi tomonidan elektr energiya sarfi deyarli 2 barobarga oshdi. Bu tendentsiya yil sayin kuchayib bormoqda. Respublikamiz kelgusi 10 yilda metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Bunday loyihalarni barqaror energiya manbalarisiz nafaqat amalga oshirish balki rejalashtirish ham mumkin emas. Shu nuqtai nazardan O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ−4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori, O始zbekistonda yoqilg始i-energetika ta’minotini rivojlantirishning 2020−2030-yillarga mo始ljalllangan konsepsiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan elektr energiyasining Respublikaning umumiy energetikasidagi ulushi (hozirgi kunda 10%) 2025-yilda 20 % ni 2030-yilga kelib esa 25 % ni tashkil etishi kerak. Shu yilga kelib Respublika bo始yicha umumiy energetika quvvati 29,3 GVt ga yetishi rejalashtirilayotganini hisobga olsak, qurilishi rejalashtirilayotgan 袗ESning 2,4 GVt ulushi 8,2 % ni tashkil etadi. Ya始ni 袗ES ulushi qayta tiklanuvchi energiya ulushidan qariyib 3 marta kam. Bu nimadan dalolat beradi? Bu O始zbekistonda energetikaning turli manbalarini mutanosib rivojlantirishga asoslangan, aynan mantiqan to始g始ri energetik siyosat olib borilayotganining isbotidir. Har bir sohaning o始ziga yarasha afzallik va kamchiliklari bor. Bular to始g始risida ko始p gapirilgan. Faqat bir tomonini ta始kidlamoqchiman, atom energetikasining asosiy afzalliklaridan biri bu arzon va qayta tiklanuvchi energiyadan farqli o始laroq, barqaror energiya manbai hisoblanadi. Bu esa rivojlanib borayotgan Respublikamiz iqtisodiyotini rejalashtirish uchun juda zarur.
O始zbekistonda hech kim qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rad etayotgani yo始q. 袗ksincha, bu sohaning keskin rivojlanishi kutilmoqda, va o始ylaymizki, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energetika bir-birini o始zaro to始ldirgan holda rivojlanadi.