2021-yil 16-18-mart kunlari O始zR F袗 袗stronomiya instituti tomonidan “Mirzo Ulug始bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta始limi ravnaqidagi roli” mavzusida respublikamiz oliy o始quv yurtlaridagi astronomiya yo始nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun seminar-trening o始tkazildi.

Bu kabi seminarlar F袗 袗stronomiya instituti tomonidan muntazam o始tkazilishi an始anaga aylanib qolgan. Navbatdagi seminar mavjud pandemik vaziyatni hisobga olgan holda onlayn tarzda o始tkazildi. Seminar-treningda O始zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 袗ndijon, Farg始ona, Qarshi, Samarqand hamda Termiz davlat universitetlari, Nukus, Qo始qon, Jizzax, Chirchiq davlat pedagogika institutlaridan 200 ga yaqin iqtidorli talaba va magistrlar ishtirok etdilar.
Seminar-treningni Institut direktori, akademik Sh.袗. Egamberdiev ochib, talabalarni qutladi va seminar ishida muvaffaqiyatlar tiladi. Dastlab, qatnashchilarga “Mirzo Ulug始bek vorislari” filmi namoyish etildi. Shundan so始ng ma始ruzalarga o始tildi.

Seminar-trening davomida F袗 袗stronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilari talabalarga astronomiya, nazariy va amaliy astrofizika bo始yicha ma始ruzalar o始qidilar. Jumladan, “Oy taqvimi”, “Maydanak observatoriyasi”, “Ekzosayyoralar”, “O始ta yangi yulduzlar”, “Qora o始ralar”, “Qorong始i modda va qorong始i energiya” kabi bir qator qiziqarli ma始ruzalar talabalar e始tiboriga havola etildi hamda ularni astronomiya fani sohasidagi oxirgi yangiliklar bilan tanishtirdilar. Bundan tashqari, Institutning yosh olimlari tomonidan Quyosh dog始larini kuzatish bo始yicha onlayn tarzda amaliy mashg始ulotlar o始tkazildi. Ishtirokchilar 袗stronomiya institutida, Maydanak observatoriyasida hamda Mirzo Ulug始bek maktabida o始rnatilgan teleskoplar haqida ma始lumotlar bilan tanishtirildi, bunda, ayniqsa, Maydanak observatoriyasidan to始g始ridan-to始g始ri translyatsiya jarayoni ishtirokchilarda katta qiziqish uyg始otdi va ularda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, ishtirokchilar o始zlarini qiziqtirgan savollarga F袗 袗stronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilaridan javoblar olishdi.