馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Arxeologik tadqiqotlar: So始fon mozor-qo始rg始onlari


Farg始ona vodiysi qadimgi chorvador va ziroatkor aholisi mozor qo始rg始onlari shu hudud dehqonchilik va chorvachilik tarixiga doir qiziqarli ma始lumotlar beradi. 袗na shunday mozor qo始rg始onlari Farg始ona viloyatidagi So始fon hududida ochib o始rganildi. Dastlab So始fon mozor-qo始rg始onlari N.G.Gorbunova tomonidan fanga kiritilgan bo始lib, 1956 – 1961-yillarda olima tomonidan bu yerda 24 ta qo始rg始on ochib o始rganilgan, 1982-85-yillar oralig始ida Farg始ona viloyat o始lkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi, arxeolog G.P. Ivanov tomonidan mozor-qo始rg始onda tadqiqot ishlari davom ettirilib, yana 64 ta qo始rg始on ochilgan. Yodgorlikda jami 88 ta qo始rg始on tadqiq etilgan. Yangi tadqiq qilingan qo始rg始on shartli ravishda 89-qo始rg始on deb qayd etildi. Qabrning sharqiy tomoni mayitning chap tomon tos va oyoq suyagi yonidan qabr devoriga suyalgan, yonma-yon qilib qo始yilgan xurmacha va ko始za, ulardan shimolroqda qo始y suyagi hamda temir pichoq topildi. Shuningdek, qabr chuqurining shimoli-g始arbiy tomonida o始ng yelka suyagi yoniga bir dona kosa qo始yilgan.

Qabrqo始rg始on dafn marosimining ajralmas qismi bo始lib, qo始rg始on o始rtasidagi kul qoldig始i ko始mish ishlari yakunlangandan so始ng olov yoqilib marhumni so始nggi manzilga kuzatishdagi yakuniy bosqich bo始lgan;

birinchi qabr tasodifiy topilma bo始lib, ikkinchisiga hech qanday aloqasi yo始q. Manbalar tahlili esa uni so始nggi bronza yoki ilk temir davriga taalluqli bo始lishi mumkinligini ko始rsatmoqda;

ikkinchi qabr milodiy IV-V asrlarga taalluqli. U o始troq dehqonchilik bilan shug始ullangan aholiga tegishli bo始lgan. Farg始ona vodiysidagi qolgan tipdagi barcha qabrlar esa ko始chmanchi chorvador xalqlarga tegishli. Davr nuqtai-nazaridan olganda ham vodiydagi adirlar dastlabki davrda ko始chmanchi chorvadorlar tomonidan o始zlashtirilib, bu hududlardagi yaylovlardan foydalanib kelingan. 袗holi nufuzining ortishi va dehqon jamoalari bilan yaqin munosabatlar ta始sirida adir hududlari ham ziroatchilik maqsadlarida o始zlashtirila boshlangan.

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, So始fon hududi Farg始ona vodiysining ko始plab vohalari kabi milod boshlaridan keng ko始lamli ijtimoiy munosabatlarga tortilgan va dehqon jamoalari bilan chorvador xalqlar bu yerda yonma-yon yashagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!