OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan arxeologik obyektlarni konservatsiyalash uchun polimer eritmasini olish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Eritma tosh, suyak yoki yogʼochlar asosidagi arxeologik obyektlarni konservatsiyalash va tiklash (restavratsiya)da ishlatiladi.
Polimer radikal polimerlanish yoki akril monomerlarining sopolimerlanishi orqali olinib, organik erituvchilardagi eritmalar shaklida qoʼllaniladi. Arxeologik obyektlarga eritmalar bilan ishlov berish ular yuzasining tashqi koʼrinishini oʼzgartirmagan holda 1.8-2.2 barobar mustahkamlanishiga olib keladi.
Mahsulotni partiyalab ishlab chiqarish buyurtmalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan texnologiya arxeologik obyektlarga singdirish va ularni yelimlash uchun belgilangan molekulyar massali polibutilmetakrilatni sintez qilishni koʼzda tutadi.