Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Arctium leiospermum - tabiiy analgetik


Hozirgi kunda tibbiyot sohasida og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dorilarga ehtiyoj juda katta. Ammo keng qo‘llanilayotgan sintetik dorilarning ko‘pchiligi uzoq vaqt qo’llanilganda, inson salomatligiga ijobiy ta’sirlari bilan bir qatorda nojo'ya ta’sirlarni ham ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa, oshqozon-ichak muammolari bor insonlarda ko‘ngil aynishi, yurak ritmining o’zgarishi kabi xususiyatlar namoyon bo’lishi mumkin. 
Shu sababli, mutaxassislar tabiiy, xavfsiz va samarali muqobil vositalarni izlab kelmoqdalar.

Shu yo‘nalishda e’tiborga molik kashfiyotlardan biri — Arctium leiospermum (xalq orasida "Qariqiz" deb ataladi) o‘simligi bargidan ajratib olingan, suvda eruvchan polisaxarid bir vaqtning o‘zida ogʻriq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, yalligʻlanishga qarshi faol deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan polisaxaridlari ajratib olingan hamda Farmakologiya va toksikologiya bo’limi xodimlari tomonidan faolligi o’rganilgan.

 

Eng muhimi, bu modda organizmga zarar yetkazmaydi va tibbiy amaliyotda tabiiy analgetik sifatida ishlatilishi mumkinligi aytilmoqda.

Tabiiy manbalar — ayniqsa o‘simliklar — insoniyatga azaldan davo bo‘lib kelgan. "Qariqiz" o‘simligi ham qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarda ishlatilgan. Endilikda ilm-fan yordamida bu dorivor o‘simlikning faolligi ilmiy asoslangan va uzoq muddatli xavfsizligini tasdiqlaydigan  sinovlardan so’ng, ushbu o’simlik polisaxaridlari asosida istiqbolli  yangi tabiiy analgetik dori vositasini  yaratish imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!